Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Buxorodagi Dehqon bozorida nega janjal ko‘tarildi? (foto)

Buxorodagi Dehqon bozorida nega janjal ko‘tarildi? (foto)

Shofirkon tumani hududida o‘tkazilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari jarayonida tumandagi bozorlar infratuzilmasini yaxshilash, fuqarolarning erkin savdo qilishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga alohida etibor qaratilmoqda. Xususan, yo‘l transport hodisalarining oldini olish, avtoulovlar tirbandligini bartaraf etish maqsadida tuman Dehqon bozori old qismidagi noqonuniy qurilmalar va savdo shahobchalari bozorning ichki tomonida tayyorlangan maydonga ko‘chirilmoqda.

2020 yil 16 mart kuni soat 10-00larda Shofirkon tuman Dehqon bozori ma’muriyati tomonidan bozorning old qismida o‘zboshimchalik bilan qo‘lbola usulda “Akfa” romlaridan tayyorlangan savdo rastasi (prilavka) o‘rnatib, noqonuniy ravishda savdo bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro, shu tumanning X.Orif mahallasida yashovchi, 1969 yilda tug‘ilgan G.R va qizi M.I.larga savdo do‘konini bozorning ichki qismida ajratilgan hududga ko‘chirishi to‘g‘risida aytilganda, ushbu fuqarolar bozor ma’muriyatining qonuniy talabini bajarmasdan janjal qilishgan.

Tuman IIBga kelib tushgan xabarga asosan IIB xodimlari hodisa joyiga yetib borishgan. Ushbu fuqarolar IIB xodimlarining ham qonuniy talablariga bo‘ysunmay, faol qarshilik ko‘rsatganliklari uchun IIBga olib kelingan. Ularga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

Kiritildi: 10:46 17.03.2020. O'qildi: 7891 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!