Bugun 17 may, 2025 yil, shanba

КИР

Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi

Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi

Ayol yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan bo‘lgan. Ekskavator haydovchisi uni ko‘rmasdan, bosib o‘tgan. Holatga huquqiy baho berilishi va javobgarlikning muqarrarligi ta’minlanishi bildirildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahrida ekskavator yo‘ldan o‘tayotgan ayolni bosib ketgani aks etgan videolavha tarqaldi. Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, YTH 15 may kuni Buxoro shahar markaziy bozori oldidagi yo‘lda sodir bo‘lgan. Fuqaro H.I. o‘z boshqaruvida bo‘lgan ekskavatorda Ibn Sino ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib borayotgan vaqtida bozordan chiqib, yo‘lni kesib o‘tayotgan ayolni ko‘rmay qolib, bosib ketgan. Oqibatda 1961 yilda tug‘ilgan ayol voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘lishiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov yakunlariga ko‘ra holatga huquqiy baho berilishi va javobgarlikning muqarrarligi ta’minlanishi bildirildi.

Kiritildi: 16:01 16.05.2025. O'qildi: 567 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!