Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Buxoroda uzumzorida 3,5 kg «marixuana» saqlab kelayotgan fermer qo‘lga olindi

A A A
Buxoroda uzumzorida 3,5 kg «marixuana» saqlab kelayotgan fermer qo‘lga olindi

Qorovulbozor tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan «Qoradori-2021» tadbiri davomida, olingan tezkor ma’lumot asosida tumanning Bo‘ston mahallasida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan S.J. rahbarlik qilib kelayotgan fermer xo‘jaligi tokzorlari ko‘zdan kechirilganda, ushbu fermerning o‘z tokzorlari orasida bir dona polimer qop va bir dona polietilen paketda viloyat IIB Ekspert-kriminalistika bo‘limining sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, sof vazni 3.480 grammga teng bo‘lgan ko‘p miqdordagi «Marixuana» giyohvandlik moddasini qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlangan. Bu haqda Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan S.J. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 16:21 07.09.2021. O'qildi: 2338 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!