Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Buxoroda o‘g‘ri kelinning qilmishi fosh bo‘ldi

Buxoroda o‘g‘ri kelinning qilmishi fosh bo‘ldi

Sudlanuvchi A.D.S. o‘zganing mol-mulkini yashiirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida 2020 yil fevral oyi boshidan 2020 yil fevral oyining 27 kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida o‘zi istiqomat qilib kelayotgan Buxoro shahar ......ko‘chasi 000-uydagi qaynonasi T.M.ning yotoqxonasidan unga tegishli sumkada bo‘lgan tilladan ishlangan bir dona ayollar bo‘yin zanjirini qizil toshli tumori bilan, tilladan ishlangan oq toshi bo‘lgan bir juft zirakni, tilladan ishlangan bir dona qizil ko‘zli ayollar uzugini, tilladan ishlangan bir dona “tipratikan” nomli ayollar uzugini, arab tillasidan ishlangan bir dona ayollar uzugini va 500 ming so‘m naqd pullarini qo‘lga kiritib, jabrlanuvchi T.M.ga jami 12.500.000 so‘m miqdorda moddiy zarar yetkazib, o‘g‘irlik jinoyatini sodir qilgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudi sudyasi A.A.Jabborov bu haqda ma’lum qildi.

Sudlanuvchi A.D.S. o‘zining qasddan sodir qilgan jinoiy harakatlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 169-moddasining 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan.

Sudda so‘roq qilingan sudlanuvchi A.D. o‘z aybiga to‘liq iqrorlik bildirib, u jabrlanuvchi T.M.ning kelini ekanligini, 2020 yil fevral oyining boshida qaynonasi T.M.ning yotoqxonasiga kirganida, u yerdagi ayollar qora sumkasining orqa cho‘ntagida bir dona mayin ishlangan, gul shaklidagi qizil toshli kuloni ham bo‘lgan ayollar tilla zanjirini sotib, pullarini o‘z ehtiyojlari uchun ishlatish maqsadida yashirin ravishda olganini, ushbu tilla zanjirni og‘irligi taxminan 2 gramm atrofida bo‘lib, 583 probali ekanligini, so‘ngra ushbu zanjirni o‘sha kuni mahallalarida joylashgan Buxoro shahar ....... poliklinika oldidagi zargarlik do‘koniga olib borib, zargar S.O.ga ushbu tilla zanjirni pulga muhtojligi sababli, sotmoqchiligini aytganida, u ushbu tilla zanjirni ko‘zdan kechirib, 940.000 so‘mga sotib olishini aytganligini, so‘ngra o‘zi uning ushbu taklifiga rozi bo‘lib, ushbu tilla zanjirni unga 940.000 so‘m evaziga sotib, pullarini esa o‘z ehtiyojlari uchun sarflaganini, 2020 yil fevral oyining taxminan 20-00 lardan keyin yana qaynonasi T.M.ning yotoqxonasi bir o‘zi kirganida, ushbu xonadagi kiyimlar ildirish uchun mo‘ljallangan kiyim ilgichda qaynonasi T.M.ga tegishli qora rangli ayollar sumkasi ilinganligini ko‘rib, ushbu sumkaning orqa cho‘ntagidan bir juft gul shaklida ishlangan, o‘rta qismida oq toshi bo‘lgan, og‘irligi taxminan 4 gramm bo‘lgan 583 probali ayollar ziragini, bir dona qizil toshi bo‘lgan, og‘irligi taxminan 3 grammli, 583 probali ayollar tilla uzugini, bir dona “tipratikan” shaklida ishlangan og‘irligi taxminan 1,5 gramm bo‘lgan, 583 probali ayollar uzugini, bir dona sariq rangli, og‘irligi taxminan 3 gramm atrofida bo‘lgan, 999 probali, tillada gul shakli bo‘lgan ayollar uzugini, bir pachka 5000 so‘mlik kupyuralardan iborat jami 500.000 so‘m pullarni hech kimga bildirmasdan yashirin ravishda olganini, so‘ngra ushbu tilla taqinchoqlarni o‘sha kunni o‘zida zargar S.O.ni oldiga olib borib, pulga muhtoj bo‘lib qolganini, tilla taqinchoqlarni o‘ziga tegishli ekanini, ularni sotmoqchiligini aytganida, S.O. o‘ziga ushbu tilla taqinchoqlardan bir juft zirakni 840.000 so‘mga, ko‘zi bo‘lmagan “tipratikan” shaklidagi tilla uzukni 280.000 so‘mga, qizil ko‘zli tilla uzukni 950.000 so‘mga va tillada gul shakli bo‘lgan bir dona tilla uzukni ham 950.000 so‘mga, jami 3.020.000 /uch million yigirma ming/ so‘mga sotib, ushbu pullardan 2.670.000 so‘mini olib, qolgan 350.000 so‘mini esa zargar S.O. hozirda boshqa puli yo‘qligini, qolgan pulni keyinroq berishini aytganligi uchun o‘sha paytda tilla taqinchoqlarni 350.000 so‘mi unda qolganini, hozirgi kunga qadar ushbu pullarni olmaganini, tilla taqinchoqlarni pullarini va 500.000 so‘m pullarni esa o‘z ehtiyojlari uchun hamda farzandlariga oziq-ovqat sotib olish uchun sarflab, bir hafta davomida tugatganini, ushbu o‘g‘irlikni sodir qilganidan so‘ng, 2020 yil 27 fevral kuni qaynonasi T.M. tilla taqinchoqlari o‘g‘irlanganligidan xabar topganini, o‘zi qo‘rqanidan  2 nafar farzandlarini olib, Farg‘ona viloyatiga ota-onasini uyiga ketganini, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini, sodir etgan qilmishining ahamiyatini tushunib yetganini, hozirda o‘zi alohida uyda ijarada yashashini, uch nafar farzandlari qaynonasi T.M. bilan birga yashashini, jabrlanuvchi T.M.ga yetkazilgan moddiy zararni ishlab qoplab berishini bildirib ko‘rsatma berdi.

Bundan tashqari, sud sudlanuvchi A.D.ning aybi, uning o‘z aybiga to‘liq iqrorlik bildirib bergan ko‘rsatuvidan xulosa chiqargan holda.

Sudlanuvchi A.D.S. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 169-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilib unga nisbatan qilmishigi va shaxsiga mos jazo tayinlandi.

 

 

Kiritildi: 18:11 29.05.2020. O'qildi: 3479 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!