Buxoro davlat tibbiyot institutida o‘tkazilgan navbatdagi talabalar olimpiadasi “Abu Ali ibn Sino ta’limotdan Uchinchi Rennesansgacha” deb nomlandi.
Unda Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Belarus va mamlakatimizdagi davlat hamda nodavlat tibbiyot oliy o‘quv yurtlaridan 200 dan ortiq talaba an’anaviy tarzda ishtirok etdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Buxoro davlat tibbiyot instituti va Asfandiyorov nomidagi Qozog‘iston Milliy tibbiyot universiteti jamoasi 1- o‘rin, Voronej davlat tibbiyot universiteti va Toshkent tibbiyot akademiyasi jamoasi 2-o‘rin, Tojikiston tibbiyot universiteti, Samarqand davlat tibbiyot universiteti va Qurolli Kuchlar harbiy tibbiyot akademiyasi talabalari esa faxrli uchinchi o‘rin sohibiga aylandi.