Bugun 15 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Buxoroda tabiiy gaz "o‘g‘risi" qo‘lga tushdi

Buxoroda tabiiy gaz "o‘g‘risi" qo‘lga tushdi

"O‘zenergoinspeksiya" Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi va gaz ta’minoti korxonasi hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Buxoro shahrida "T.F.T." MCHJga qarashli oshxonaning gaz hisoblagichiga tashqi ta’sir ko‘rsatilib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 540 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:20 12.09.2025. O'qildi: 505 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!