Sudlanuvchi M.X. qasddan jinoyat sodir qilish yo‘liga kirib, qasddan badanga yengil shikast yetkazish jinoyatini sodir etgan.
Jumladan, u 2020 yil 18 fevral kuni soat 12:00larda Buxoro shahar, ... ko‘chasida joylashgan 5B-uyning 4-qavat xonadon oldida tanishi M.A. bilan janjallashib qolgan. Natijada lezviya bilan M.Aning yuz qismiga bir necha marotaba qasddan urib, Buxoro viloyat STE byurosining 20.02.2020 yildagi 131T-sonli sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, sog‘lig‘ining qisqa vaqt, ya’ni olti kundan ortiq, ammo yigirma bir kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga yomonlashuviga sabab bo‘lgan qasddan badanga yengil shikast yetkazish jinoyatini sodir etgan.
Sudlanuvchi M.X. sud majlisida aybiga to‘liq iqrorlik bildirib, jabrlanuvchi M.A. uning qarindoshi ekanini, M.A.ning sobiq turmush o‘rtog‘i B.A. bilan ishqiy munosabatlarini sezib, rashk oqibatida kelishmovchilik yuzaga kelgani, 2020 yil 18 fevral kuni soat 12:00 larda Buxoro shahar, ko‘chasi, 5B-uy, 4-qavat, xonadon oldida jabrlanuvchi A.M. bilan o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro kelishmovchilik natijasida uni qo‘lida bo‘lgan lezviya bilan yuz qismidan bir necha marotaba qasddan urib, shikast yetkazganini, aybiga iqrorligini, biroq jabrlanuvchi M.A.dan kechirim so‘ramasligini, jabrlanuvchi M.A. bilan yarashmasligi, uning ayolligi, qaramog‘ida besh nafar farzandi borligi, ayni vaqtda homilador ekanini inobatga olib, unga nisbatan qonuniy yengillik berishni so‘rab ko‘rsatma berdi.
Jabrlanuvchi M.A. sud majlisida o‘z ko‘rsatuvida, sudlanuvchi M.X. uning qarindoshi ekani, sobiq turmush o‘rtog‘i B.A.bilan o‘zini ishqiy munosabatlari borligini yolg‘ondan aytgani sababli, 2020 yil 18 fevral kuni soat 12:00 larda Buxoro shahar, ... ko‘chasi 5B-uy, 4-qavat, xonadon oldida sudlanuvchi M.X. bilan o‘rtalarida o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqqani, shunda sudlanuvchi M.X. qo‘lida bo‘lgan lezviya bilan yuz qismidan bir necha marotaba qasddan urib, shikast yetkazgani, unga yarashuv huquqi tushuntirilganligi, biroq u yarashmasligi, sudlanuvchi M.X.ga nisbatan da’vosi borligi, unga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni undirib berishni hamda sudlanuvchi M.X.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rab ko‘rsatuv berdi.
Sud, dastlabki tergov organi tomonidan sudlanuvchi M.X.ning jabrlanuvchi M.A.ga qasddan sog‘lig‘ining qisqa muddatli buzilishiga olib kelgan qasddan yengil tan jarohati yetkazish alomatlari bilan bog‘liq jinoiy harakatlari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 109-moddasining 2-qismi bilan to‘g‘ri kvalifikasiya qilingan deb hisoblab.
Sudlanuvchi M.X.ga nisbatan jazo tayinlashda uning aybiga to‘liq iqrorligi, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligi, ayol kishi ekanligi, oilaviy sharoitini, qaramog‘ida besh nafar voyaga yetmagan farzandlari borligini, homiladorligini inobatga olib Sudlanuvchi M.X.ga O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
109-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilib unga nisbatan qilmishigi va shaxsiga mos jazo tayinlandi.
A.A.Jabborov, Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudi sudyasi