Aliment undiruvlari bilan bog‘liq ijro hujjatlar faoliyatdagi eng dolzarb yo‘nalishlardan biri bo‘lib, farzand voyaga yetgunga qadar davom etadi. Bu esa doimiy nazoratni talab qiladi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Romitan tumanlararo sudining 21.05.2024 yildagi ijro varaqasiga asosanqarzdor M.Saidovdan undiruvchi foydasiga bir nafar farzandi ta’minoti uchun aliment undirishbelgilangan.
Ijro harakatlari davomida taraflarning qonunchilikdagi huquq va majburiyatlari bilan bir qatorda, oila muqaddas dargohligi, darhol qaror chiqarmaslik va farzandlari baxtli bo‘lishi uchun er-xotin bir oila bo‘lib yashashlari tushuntirib o‘tildi.
Suhbatdan so‘ng, er-xotin yarashib, ijro xujjatini qaytarib olish uchun murojaat qilishgan.Ijro hujjati undiruvchiga ijrosiz qaytarildi.
Hozirda, mazkur tadbirlar davom ettirilmoqda.