Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Buxoroda jahon chempioniga uy sovg‘a qilindi

Buxoroda jahon chempioniga uy sovg‘a qilindi

Joriy yilning iyul oyida Bolgariyada bo‘lib o‘tgan sport kurashlari bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi Umidjon Jalolovga  viloyat hokimi O‘. Barnoyev tomonidan Buxoro shahrida barpo etilgan zamonaviy uy kaliti topshirildi.

Umidjon mamlakatimizning umidli sportchilaridan sanaladi.Yosh hamyurtimiz erkin kurashga alohida mehr qo‘ygan.Xalqaro turnirlarda 17 marta g‘olib chiqqan.Osiyoning ikki karra chempioni.U Argentinada 2018 yilda o‘tkazilgan Olimpiada o‘yinlarida ham shohsupaning yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan edi.

-Bu e’tibordan juda xursandman,- deydi Umidjon.- Har gal gilamga tushganimda yurtdoshlarimizning menga xayrixox bo‘lib, duolar qilib turishganini his etaman.Bu menga kuch bag‘ishlaydi.E’tibor va g‘amxo‘rlikka  munosib javob berishga harakat qilaman.Eng katta va muhim g‘alabalari oldinda, deb o‘ylayman.

Istam IBROHIMOV,
(“Xalq so‘zi”)

Kiritildi: 12:51 14.08.2019. O'qildi: 1331 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!