Bugun 24 may, 2025 yil, shanba

КИР

Buxoroda ijaradagi uyida qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan ayol ushlandi

A A A
Buxoroda ijaradagi uyida qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan ayol ushlandi

Buxoro shahrida ijaradagi uyida fohishaxona tashkil qilgan 32 yoshli ayol ushlandi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, shaharning “Gulchorbog‘” mahallasida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan Y.S. ikki nafar mijozga yengil tabiatli X.G. ismli ayolni topib berib, ularning jinsiy aloqa qilishlari uchun o‘zi ijarada yashayotgan xonadonidan joy ajratib bergan. Ayol buning uchun ulardan 300 ming so‘m pul olgan.

Mazkur holat yuzasidan shahar IIO FMB tomonidan Jinoyat kodeksining 131-moddasi (qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 17:15 03.06.2023. O'qildi: 1605 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!