Bugun 2 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

Buxoroda fuqaroga umrbodlik nafaqa va’da qilgan tibbiyot xodimi pora bilan ushlandi

Buxoroda fuqaroga umrbodlik nafaqa va’da qilgan tibbiyot xodimi pora bilan ushlandi

Shofirkon tumani tibbiyot birlashmasi Markaziy poliklinikasi shifokorlaridan biri fuqaroga nogironlik nafaqasini umrbodga qilib berishni va’da qilib, 700 AQSh dollari miqdorida pora talab qilgan. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ijtimoiy inspeksiya xodimlari shifokorning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yish maqsadida Buxoro shahar Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan birgalikda tezkor tadbir uyushtirildi.

16 oktyabr kuni shifokori ish joyida 2,5 mln so‘m miqdorida pora olgan vaqtida qo‘lga olindi, deyiladi agentlik xabarida.

Qo‘shimcha qilinishicha, hozirda ushbu shaxsga nisbatan tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 09:48 26.10.2024. O'qildi: 638 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!