Bugun 28 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

Buxoroda fermer xo‘jaligi rahbari 17 tup terak daraxtini kesib tashladi

Buxoroda fermer xo‘jaligi rahbari 17 tup terak daraxtini kesib tashladi

Buxoro viloyati Olot tuman Ekologiya bo‘limiga tumanning Chandir mahallasda yashovchi fuqaro N.N. tomonidan mazkur mahallada ro‘yxatdan o‘tgan fermer xo‘jaligi rahbari B.E. o‘ziniki bo‘lmagan yer maydonidan terak daraxtlarini noqonuniy ravishda kesib, kundakov qilganligi haqida murojaat kelib tushdi.

Murojaat Olot tuman Ekologiya bo‘limi inspektorlari tomonidan o‘rganildi. Natijada fermer xo‘jaligi rahbari B.E. tomonidan 17 tup terak daraxti noqonuniy kesilgani aniqlandi. Natijada tabiatga 25 million 336 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgan. Holat yuzasidan birlamchi hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish maqsadida Olot tuman Jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga yuborildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha sudda fermer xo‘jaligi rahbari B.E. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 79-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topildi va unga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari, ya’ni 20 600 000 so‘m miqdorida jarima jazosi belgilandi.

Fermer xo‘jaligi rahbariga 17 tup terak daraxtini noqonuniy kesganligi uchun 25 336 000 so‘m tabiatga yetkazilgan zarar hamda 20 600 000 so‘m ma’muriy jarima qo‘llanildi.

Kiritildi: Bugun 15:38. O'qildi: 409 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!