Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Buxoro TET elektromontyori D.I. fuqaro N.Q.ning xonadoniga elektr hisoblagich o‘rnatib, unga abonent raqami berishi va “Billing” tizimida ro‘yxatdan o‘tkazib berishi evaziga 6 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlanib, ushbu pullardan 2 mln so‘mning qaytarilishi prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.