Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “N.A.” MCHJga shahar hududidan ko‘p xonadonli 7 qavatli turar joy binosini qurishga ruxsat berilgan bo‘lsada, korxona rahbari O‘.Q hech qanday hujjatlarsiz turar joy binosiga qo‘shimcha 8-qavatni qurib, ushbu xonadonlarni mijozlar nomiga rasmiylashtirib bo‘lmasligini bilsada, 6 nafar fuqaroning 838,6 mln so‘m va 14 400 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.