Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

Buxoroda 38 nafar zo‘ravon qo‘lga olindi

Buxoroda 38 nafar zo‘ravon qo‘lga olindi

Xabaringiz bor, butun respublikamiz bo‘ylab jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, sodir etilgan yoki sodir etilishi mumkin bo‘lgan, shuningdek, tayyorlanayotgan jinoyatlarni issiq izidan fosh etishga qaratilgan “Dolzarb 40 kunlik” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

Buxoro viloyatida ham Ichki ishlar boshqarmasi va uning hududiy organlari xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida sodir etilib fosh etilmasdan qolgan 22 ta jinoyatlar issiq izidan fosh etildi hamda qidiruvda bo‘lgan 31 nafar shaxslar ushlandi.

Bundan tashqari tadbir davomida 1 ta odam o‘g‘irlash va bosqinchilik, 8 ta giyohvandlik hamda kuchli ta’sir qiluvchi psixotrop dori vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish, 2 ta noqonuniy ov quroli saqlash hamda 9 ta boshqa turdagi jinoyatlar aniqlanib, mazkur jinoyatlarda gumon qilinuvchi shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK. ning 137, 164, 168, 276, 251 va 248-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, mazkur shaxslarning 5 tasiga qamoqqa olish hamda 15 tasiga boshqa turdagi ehtiyot choralari qo‘llanildi.

Bundan tashqari, reyd tadbirlari davomida 98 nafar shaxslar bilan manzilli profilaktik ishlar olib borilib, kriminogen vaziyatga ta’sir qiluvchi 38 nafar shaxslar ma’muriy qamoqqa olindi.

Hozirda, keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlar davom ettirilib, noqonuniy harakatlar sodir etgan shaxslarga nisbatan jazoning muqarrarligi ta’minlanmoqda.

Kiritildi: 11:13 07.12.2023. O'qildi: 3363 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!