Bugun 20 noyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Buxoroda 35 ming AQSh dollariga simob sotgan shaxslar ushlandi

Buxoroda 35 ming AQSh dollariga simob sotgan shaxslar ushlandi

☢️Davlat xavfsizlik xizmatining Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Milliy gvardiyaning hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Buxoro shahrida yashovchi, 1998 y.t. shaxs va Buxoro tumanida istiqomat qiluvchi, 1984 y.t. fuqaro o‘zaro til biriktirib, mamlakatimizda erkin sotilishi taqiqlangan, 3 dona flakonda bo‘lgan jami 343 gr simob moddasini 35 ming AQSh dollariga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

⚖️Hozirda ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 185-1-moddasi 2-qismi “b”, “v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

➡️Hurmatli fuqarolar! Simob va uni o‘z ichiga olgan birikmalarni erkin sotish, sotib olish, saqlash yoki undan maishiy sharoitda foydalanishga ruxsat berilmaydi. Shuningdek, u kuchli zaharlilik darajasiga ega bo‘lib, mamlakatimiz hududida erkin aylanishi taqiqlanadi.

Kiritildi: Bugun 07:05. O'qildi: 320 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!