Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp Oq uyda portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu bilan uchrashdi. Siyosatchi Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi 40 yoshli hujumchisi haqida qisqacha fikr bildirdi.
"Ronaldu tarixdagi eng buyuk futbolchi hisoblanadi," - deya prezidentning so‘zlarini keltiradi Fox News ijtimoiy tarmoqlarda.
Eslatib o‘tamiz, Krishtianu 2023 yilning yanvar oyidan buyon Saudiya Arabistoni chempionatida to‘p tepib kelmoqda. 40 yoshli to‘purarning "An-Nasr" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida o‘z nihoyasiga yetadi.