Tailandda hojatxonaning bokidan yangi tug‘ilgan chaqaloq tirik holda topildi.
Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Latkrabang tumanidagi ma’muriy binoning uchinchi qavatidagi hojatxonadan kelayotgan yig‘lash farrosh ayolning e’tiborini tortdi. Voqea joyiga ishchi chaqirilganida, u hojatxona qopqog‘ini ko‘targan va ichida yangi tug‘ilgan qizchani ko‘rgan.
"Bola bir kunlik edi. U yangi tug‘ilgan edi, lekin onaning izi topilmadi", - deydi polisiya kapitani Kritsada Saykxong.
Chaqaloq tekshiruv uchun zudlik bilan Sirindxorn kasalxonasiga yetkazildi. Shifokorlar og‘ir sinovlarga qaramay, chaqaloqning ahvoli qoniqarli va hech qanday zarar ko‘rmaganini tasdiqlashdi. Bolaning vazni 2,7 kg.
Polisiya jinoyatga aloqador ona va boshqa shaxslarni topish bo‘yicha surishtiruv ishlarini boshladi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari oxirgi soatlarda hojatxonadan kim foydalanganini aniqlash uchun bino va uning atrofida o‘rnatilgan kameralar kuzatuvi tasvirlarini o‘rganmoqda.