Bugun 27 sentyabr, 2022 yil, seshanba

КИР

Buxoroda 18 yoshli qiz hojatxonada chaqalog‘ini dunyoga keltirib, o‘ldirdi

Buxoroda 18 yoshli qiz hojatxonada chaqalog‘ini dunyoga keltirib, o‘ldirdi

Buxoroda 18 yoshli qiz endi tug‘ilgan chaqalog‘ini hojatxonaga tashlab, qasddan o‘ldirdi. Bu haqda «Daryo» ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, G‘ijduvon tumanida yashovchi 18 yoshli D.M. 2022 yilning yanvar oyida o‘zining homilador ekanini bilgan. 13 may kuni soat 13:30 larda o‘zi yashab kelayotgan xonadon hojatxonasida o‘g‘il farzandini dunyoga keltirgan. Shundan so‘ng uni hojatxonaga tashlab, qasddan o‘ldirgan.

Bolasini o‘ldirgan 18 yoshli qizning o‘z onasiga gapirib berishicha, u 2021 yil 3 sentyabr kuni taxminan soat 11:00 larda yashash uyida yolg‘iz o‘tirganida qarindoshi M.T. kelib, uni zo‘rlab nomusiga tekkan. Va shundan so‘ng ular ishqiy munosabatda davom etgan. Biroq qiz bu to‘g‘risida hech kimga bildirmagan.

Shundan so‘ng ona va qiz qarindoshi T.M.ga qo‘ng‘iroq qilib, homila haqida aytgan. Yigit esa homilani oldirib tashlashini bildirgan. Shifokorlar esa homila olib tashlansa, qizining bundan keyin homilador bo‘la olmasligi mumkinligini tushuntirgan. Ona va qiz bu haqda oila a’zolari va yaqin qarindoshlariga sezdirmaslikka harakat qilgan.

«Oradan vaqt o‘tib, 2022 yil 13 may kuni qiz butun tanasida og‘riq seza boshlagan. Turli dori vositalari qabul qilgan, ammo og‘riq kuchaygan. Shu kuni soat taxminan 14:30 larda u hojatxonaga kirib, chaqalog‘ini dunyoga keltirgan. Shundan so‘ng onasini chaqirgan. Va bolasi hojatxona chuquriga tushib ketgani sabab, qo‘rqib ketganini aytgan. Ona esa qizini zudlik bilan tuman tug‘ruq kompleksiga olib borgan. Shifokorlar tomonidan unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan», — deyiladi sud hujjatlarida.

2022 yilning 14 may kuni huquq-tartibot idoralari vakillari tomonidan hodisa joyi ko‘zdan kechirilganda hojatxona chuqurligidan o‘g‘il bola jinsli chaqaloq jasadi topilgan. Sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, chaqaloqning o‘limi yuqori nafas yo‘llariga yot massa (najas) tushishi va nafas yo‘llari bekilishi oqibatida aspirasiya natijasida kelib chiqqani ko‘rsatilgan. Holat joyida bayonnoma to‘ldirilib, fotosuratlar ilova qilingan.

Sud chaqalog‘ini qasddan o‘ldirgan onaning qilgan ishidan pushaymonligi, yoshligini inobatga olib, unga bir yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlagan.

Kiritildi: 15:44 17.08.2022. O'qildi: 2515 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!