Bugun 26 noyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Buxoroda 16 yoshli yigit va 17 yoshli qizning to‘yi bo‘lgani aytilmoqda

Buxoroda 16 yoshli yigit va 17 yoshli qizning to‘yi bo‘lgani aytilmoqda

Kun.uz'ga Buxoroda voyaga yetmagan yoshlarning to‘yi bo‘lgani haqida video kelib tushdi. Murojaatchining so‘zlariga ko‘ra, 29 iyun kuni Buxoro viloyatining Shofirkon tumanidan bo‘lgan 2008 yilda tug‘ilgan yigit va Qorako‘l tumanidan bo‘lgan 2007 yilda tug‘ilgan qizning to‘yi bo‘lib o‘tgan. To‘y bazmi shahardagi “Fathobod” marosimlar uyida o‘tkazilgan.

Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonovaning ma’lum qilishicha, holat yuzasidan uning idorasi va ichki ishlar organlari tomonidan o‘rganish ishlari boshlangan. Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Oila kodeksining 15-moddasida nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun 18 yosh etib belgilangan. Uzrli sabablar bo‘lganida, alohida hollarda (homiladorlik, bola tug‘ilishi, voyaga yetmagan shaxsning to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi (emansipasiya), nikohga kirishni xohlovchilarning iltimosiga ko‘ra tuman, shahar hokimi nikoh yoshini ko‘pi bilan 1 yilga kamaytirishi mumkin.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-3-moddasi 2-qismiga ko‘ra, ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berish yoxud uylantirish bazaviy hisoblash miqdorining 7 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda (2 mln 380 ming so‘mdan 5 mln 100 ming so‘mgacha) jarima solishga sabab bo‘ladi.

Kiritildi: 21:25 01.07.2024. O'qildi: 2156 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!