Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Buxoroda 150 kishilik to‘y o‘tkazildi. Huquqbuzarlar yirik jarimaga tortildi

Buxoroda 150 kishilik to‘y o‘tkazildi. Huquqbuzarlar yirik jarimaga tortildi

Buxoro viloyatining Olot tumanida qiz uzatdi to‘y marosimini o‘tkazib, unga 150 kishini taklif qilgan fukaro jarimaga tortildi.  Bu haqda “O‘zbekiston24” telekanalida xabar qilindi, deb yozmoqda Qalampir nashri.

O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qarori bilan joriy yilning 15 martidan to‘ylar o‘tkazishga ruxsat berildi. Bunda to‘y marosimlari fuqarolarning uy-joyi va hovlisining o‘zida 30 kishidan oshmagan hamda sanitariya va gigiyena talablariga to‘liq rioya qilgan holda o‘tkazilishi belgilandi.

Kuni kecha Buxoro viloyati Olot tumani IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektorlari tomonidan o‘rganishlar jarayonida tumandagi xonadonlarning birida qiz uzatdi to‘y marosimida 150 kishi ishtirok etgani aniqlangan.

Olot tumani IIB profilaktika inspektori Qandiyor Ro‘ziyevning aytishicha, bu bilan fuqaro amaldagi karantin talablarini buzib, kasallikni aholi orasida tarqalishiga sharoit yaratib bergan.

“Ertalab oila boshliqlaridan to‘yni karantin normalariga monand o‘tkazish bo‘yicha tilxat olingan. Kechki payt borib tekshirganimizda to‘yxonada 150 nafardan ortiq fuqaro bo‘lganligi sababli ma’muriy bayonnoma tuzildi”, deydi inspektor.

Huquqbuzar fuqaroga nisbatan “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi qonuning aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risidagi qonun 39-moddasi – hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik moddasi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi – epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish moddasi ikkinchi qismiga asosan bayonnoma rasmiylashtirilib, unga shu modda bilan bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari ya’ni 4 million 460 ming so‘m jarima jazosi tayinlangan.

Kiritildi: 16:53 26.08.2020. O'qildi: 4065 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!