Bugun, 14 yanvar kuni ertalab soat 05:43 da O‘zbekistonda 4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, epimarkazi Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida joylashgan.
Respublika seysmik prognostik monitoring markazi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila chuqurligi 10 kilometrni tashkil qilgan.
Zilzila o‘chog‘idan Toshkentgacha bo‘lgan masofa janubi-g‘arbiy yo‘nalishda 529 kilometrni tashkil etadi.
Erosti silkinishlari Peshkun va Qorako‘l tumanlarida 2 ballgacha sezilgan.