Bugun 19 yanvar, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rossiya qo‘shinlari Kiyev va Zaporojega hujum qildi, qurbonlar va yaradorlar bor

Rossiya qo‘shinlari Kiyev va Zaporojega hujum qildi, qurbonlar va yaradorlar bor

18 yanvar kuni tongda Rossiyaning Kiyevga qilgan hujumi oqibatida kamida to‘rt kishi halok bo‘lgani haqida shahar harbiy ma’muriyati rahbari Timur Tkachenko ma’lum qildi.

"Rossiya raketalari va dronlari hujumiga uchragan Ukraina poytaxtida yong‘inlar, turar joy binosi, suv ta’minoti quvuri va “Lukyanovskaya” metro bekatiga zarar yetdi. Portlashlardan so‘ng metro bekati yopildi", — deya ma’lum qildi Kiyev meri Vitaliy Klichko.

Bundan tashqari, bugun tongda Rossiya Zaporojega ham raketa hujumi uyushtirdi.

Viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Ivan Fyodorovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hujumi natijasida 10 kishi yaralangan, ularning barchasi kasalxonaga yotqizilgan. Zarbalar oqibatida turar joy binolariga zarar yetkazilgan.

"O‘tgan bir sutka mobaynida Rossiya qo‘shinlari Zaporoje viloyatining to‘qqizta aholi punktiga 241 marta turli qurollar bilan hujum qildi", — deya qo‘shimcha qildi Fyodorov.

Kiritildi: 13:41 18.01.2025. O'qildi: 1695 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!