Bugun 6 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Buxoro viloyatida 334,6 mln so‘mlik dori vositalarining noqonuniy savdoga chiqarilishining oldi olindi

Buxoro viloyatida 334,6 mln so‘mlik dori vositalarining noqonuniy savdoga chiqarilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olot tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda tumandagi ijtimoiy dorixona mudiri S.B. chakana realizasiya (sotish) uchun lisenziyaga ega bo‘lmasa-da 17 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini fuqaro A.J.ga sotgan vaqtida ushlanib, S.B.ning “Pichoqchi” MFY hududidagi yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, 73 turdagi umumiy bahosi 334,6 mln so‘mlik dori vositalarini saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: Bugun 14:36. O'qildi: 143 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!