Bugun 22 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Buxoro – Toshkent" yo‘nalishidagi poyezd Malik bekatida to‘xtatildi

A A A
"Buxoro – Toshkent" yo‘nalishidagi poyezd Malik bekatida to‘xtatildi

Bugun "Buxoro – Toshkent" yo‘nalishidagi poyezd "Malik" bekatida to‘xtatildi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xabar berdi.

Qayd etilishicha, "Buxoro – Toshkent" yo‘nalishidagi 765-sonli “Afrosiyob” yuqori tezlikda harkatlanuvchi elektropoyezdida anomal sovuq ob-havo sababli nosozlik yuzaga kelgan. Poyezd "Malik" bekatida to‘xtatildi.

Yo‘lovchilarni manzilga xavfsiz yetkazib kelish maqsadida zahira “Afrosiyob” elektrpoyezdi jo‘natildi.

Ma’lumot uchun, mamlakatda sovuq ob-havo sharoitida soha xodimlari tomonidan temir yo‘l harakati xavsizligini ta’minlash maqsadida temir yo‘llar, strelkali o‘tkazgichlar, elektr tarmoqlari, svetaforlar, temir yo‘l hududlarini qo‘riqlash punktlari, qo‘riqlanadigan temir yo‘l kesishmalari holati ko‘zdan kechirilmoqda.

Kiritildi: 11:29 13.01.2023. O'qildi: 2724 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!