Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Buxoro shahrida sifatsiz dori vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

Buxoro shahrida sifatsiz dori vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida sifat kafolati mavjud bo‘lmagan dori vositalari savdosi to‘xtatildi.

Tafsilotlarga ko‘ra, avvaldan olingan ma’lumotlar asosida tezkor guruh xodimlari Buxoro shahridagi xususiy dorixonalardan birini xolislar ishtirokida tekshirib chiqdilar.

Natijada, 13 turdagi 2 604 dona tarkibida kuchli ta’sir etuvchi moddalar mavjud bo‘lgan tabletkalar va 32 turdagi 250 quti sifatsiz dori vositalari savdo maqsadida saqlanayotganligi aniqlandi.

Hozirda mazkur dori vositalari ashyovoy dalil sifatida saqlovga olingan bo‘lib, holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tegishli tartibda ish olib borilmoqda.

Kiritildi: 15:34 12.03.2025. O'qildi: 431 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!