Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Buxoro shahrida 3 ta avtomobil yonib ketdi

Buxoro shahrida 3 ta avtomobil yonib ketdi

Buxoro shahrida 12 may kuni avtoturargohda turgan 3 ta avtomobil yonib ketdi. Bu haqda viloyat FVB xabar qildi.

Holat 11:45 da Buxoro shahri Fitrat mahallasidagi Mirakon ko‘chasida joylashgan avtoturargohda sodir bo‘lgan. Hodisani bartaraf etish uchun voqea joyiga uchta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb qilindi. Yong‘in soat 11:50 da o‘t o‘chiruvchilar tomonidan qurshab olinib, soat 12:02 da to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida Lacetti, Captiva va Nexia-2 rusumli avtomobillarning ayrim qismlari yongan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Kiritildi: 22:09 12.05.2025. O'qildi: 446 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!