“Buxoro davlat tibbiyot universitetini tashkil etish va sohada kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, Navoiy viloyati, Navoiy shahar, Sadriddin Ayniy ko‘chasi, 1-uyda joylashgan Navoiy Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi hamda Navoiy shahar, 7-daha, I.Karimov shoh ko‘chasida joylashgan Bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasi binolari negizida Buxoro davlat tibbiyot universiteti Navoiy filialini tashkil etiladi.
2023/2024 o‘quv yilidan Navoiy davlat pedagogika instituti tarkibidagi Tibbiyot fakultetida “Davolash ishi” va “Pediatriya ishi” yo‘nalishida ta’lim olayotgan 1-2-bosqich talabalari Filial tarkibiga o‘tkaziladi.