The New York Times Buxoroni 2025 yilda tashrif buyurishga arziydigan 52 ta shaharlar qatoriga kiritdi. Nashr Buyuk ipak yo‘lidagi muhim nuqta bo‘lgan ushbu qadimiy shaharga e’tibor qaratishga chorlamoqda.
Shuningdek, 2025 yilning kuzida Buxoroda birinchi marotaba zamonaviy san’atni o‘zida namoyon etadigan Buxoro biyennalesi bo‘lib o‘tishi qayd etilgan. 5 sentyabrdan 20 noyabrgacha bo‘lib o‘tadigan tadbirda jahonning mashhur rassomlari, jumladan, britaniyalik haykaltarosh Entoni Gormli va boshqa taniqli ustalarning asarlari namoyish etiladi.
Nashrning ta’kidlashicha, ushbu namoyishga kirish bepul.