Farg‘ona viloyati Buvayda tumani Poshshopirim qishlog‘ida yashovchi Xuvayda momo Umarova joriy 2025 yilda 130 yoshni qarshi oldi.
Momo 1895 yilda 1 yanvarda tavallud topgan. Farzandlari 7 nafar bo‘lgan, hozir 5 nafari hayot.
Nevaralari 32, chevaralari 87, evaralari 118 nafar, begonalari esa 5 nafar. Eng katta nevarasi Jumaqo‘zi bobo hozir bir kam yetmish yoshda.
"Biz bugun Xudayda momoni qo‘ng‘iroq qilib tabrikladik. Yangi yil va tabarruk yosh bilan qutladik", deb yozadi jurnalist Xurshid SULTONOV o‘z sahifasida