Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 20 may kuni soat 09:15 larda Farg‘ona viloyati, Buvayda tumani, Yangiqo‘rg‘on qishlog‘i hududida harakatlanib ketayotgan haydovchi 1969 y.t. A.A. boshqaruvidagi "Neksiya" rusumli transport vositasining dvigatel qismidagi elektr simlarining qisqa tutashuvi oqibatida yong‘in yuzaga kelgan.
Yong‘in natijasida, tan jarohati olgan va jabrlanganlar yo‘q. bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.
Yong‘in bartaraf etilgan.
Mazkur hodisa yuzasidan Buvayta tumani FVB hamda tuman IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
"Barcha haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasining texnik sozligiga e’tiborli bo‘lishlarini, nosoz transport vositalarini boshqarmasliklarini so‘rab qolamiz", deyiladi xabarda.