Bugun 8 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Butun Ispaniyada internet va mobil aloqa uzilib qoldi — OAV

 Butun Ispaniyada internet va mobil aloqa uzilib qoldi — OAV

Mamlakatning turli hududlaridan, jumladan eng yirik shaharlari — Madrid, Barselona, Valensiya, Sevilya va Bilbao aholi mobil qurilmalarda signal yo‘qligi va internetga ulanishda muammolar borligidan shikoyat qilmoqdalar. Ba’zi hududlarda elektr ta’minotida ham uzilishlar qayd etilgan.

Movistar, Orange va Vodafone kabi barcha yetakchi telekommunikasiya operatorlari aloqada uzilishlarni tasdiqladi. LBC radiostansiyasi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu hodisaning ehtimoliy sababi Telefónica kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan tarmoq infratuzilmasini yangilashdagi muvaffaqiyasizlik bo‘lgan. Telefónica Ispaniyadagi mobil operatorlarini katta qismiga telekommunikasiya xizmatlarini ko‘rsatadi.

Kiritildi: 15:37 20.05.2025. O'qildi: 632 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!