Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Butun dunyoda o‘zbek tilida qancha odam gaplashadi?

Butun dunyoda o‘zbek tilida qancha odam gaplashadi?

O‘zbek tilining jahonda tarqalish darajasi haqida har xil ma’lumotlar aytiladi. Aniq ma’lumotlar 1989 yilga oid, undan keyingi ma’lumotlar esa taxminiy.

O‘zbek tilida gapiruvchilarning sonini aniqlashda bir narsani inobatga olish kerak: o‘zbek tilida gapiruvchilar soni o‘zbek millatiga mansub odamlar soniga teng emas. Shuning uchun milliy statistika aks etgan ma’lumotlar til mansubiyatini to‘liq aniqlab bermaydi. So‘rovlarda til masalasi alohida o‘rganiladi.

Bugun talabalar bilan hisoblab ko‘rdik. O‘zbek tilida ona tili sifatida gapiradiganlar soni dunyo bo‘ylab 33 milliongacha borishi mumkinligi haqida xulosaga keldik:

O‘zbekistonda 22-25 million;
Afg‘oniston 2,9-3,2 million;
Tojikiston 1,3-2 million;
Qirg‘iziston 1,2 million;
Qozog‘iston 800 ming;
Turkmaniston 600 ming;
Boshqa davlatlar 100-200 ming.

Lekin o‘zbek tilini ikkinchi yoki uchinchi til sifatida biladiganlar soni nisbatan ko‘proq. Aytaylik, O‘zbekistonning mutloq ko‘pchilik fuqarolari o‘zbek tilini biladi, eng kamida 30 million. Qo‘shni respublikalarda ham o‘zbeklar bilan qo‘ni-qo‘shnichilik natijasida o‘zbek tilini o‘rgangan o‘n minglab odamlar bor. Ularning safiga o‘zbek tilini o‘rganuvchi odamlar ham qo‘shiladi. Shunday qilib, o‘zbek tilini biluvchilar soni 40 millionga yaqinlashadi.

Bu raqamlarga nima deysiz? Sizningcha, ular haqiqatga yaqinmi?

Manba: azon.uz

Kiritildi: 15:15 11.02.2019. O'qildi: 17607 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!