Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi tog‘da yo‘ldan adashib qolgan fuqarolar amaliy yordam ko‘rsatildi, deya xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Qayd etilishicha, 5 aprel kuni soat 18:15 da Toshkent viloyati FVBga Katta Chimyon tog‘iga sayr qilish maqsadida borgan 3 fuqaro yo‘ldan adashib, tog‘ning yuqori qismidan pastga tusha olmayotgani va yordam zarurligi haqida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, qidiruv-qutqaruv ishlariga zudlik bilan Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadining bir guruh qutqaruvchilari jalb qilingan.
Ular fuqarolarning joylashgan joyini aniqlanib, fuqarolarni tog‘ning dengiz sathidan taxminan 3100 metr balandligidan sog‘-salomat xavfsiz hududga olib tushgan. Hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q.