Bugun 13 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

Bo‘stonliqda noqonuniy chiqindixona yuzasidan tezkor tekshiruv o‘tkazildi

Bo‘stonliqda noqonuniy chiqindixona yuzasidan tezkor tekshiruv o‘tkazildi

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani “Yangi hayot” MFY hududida noqonuniy chiqindixona yuzaga kelgani aks etgan videomateriallar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi ishchi guruhi tomonidan hududga tezkor chiqilib, vaziyat atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, chiqindilar yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan belgilanmagan joylarga tashlangani sababli to‘planib qolgani aniqlangan. Hudud avval sanitar tozalash xizmatlarining reja-grafik ishlariga kiritilmagan bo‘lsa-da, Agentlik tomonidan zarur choralar ko‘rilgan.

Shuningdek, Agentlik huzuridagi kuzatuv va nazorat bo‘limi tomonidan hududga 24/7 rejimida ishlovchi zamonaviy kuzatuv kameralari o‘rnatish ishlari boshlab yuborildi. Ushbu texnik vositalar orqali noqonuniy chiqindi tashlash holatlarini aniqlash, oldini olish hamda qonunchilikka muvofiq choralar ko‘rish imkoniyati yaratiladi.

Kiritildi: Bugun 09:36. O'qildi: 298 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!