Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Bo‘stonliq va Yangihayot tumanlari hududidan yer maydonlari olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Bo‘stonliq va Yangihayot tumanlari hududidan yer maydonlari olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bo‘stonliq tumani bo‘limi tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar A.A., R.A. va I.S. (muqaddam sudlangan) o‘zaro til biriktirib, fuqaro X.A.ga tumandagi “Xo‘jakent” MFY hududidan 20 sotix yer maydonini hujjatlarini rasmiylashtirib olib berishlari evaziga 230 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Shu kabi, Departamentning Yangihayot tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.I. fuqaro M.O.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida “Yangi Gulzor” MFY hududidagi 18 sotix yer maydonini 200 000 AQSh dollari evaziga egalik huquqini beruvchi hujjatlarini rasmiylashtirib olib berishini aytib, oldindan 20 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 17:21 18.03.2025. O'qildi: 353 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!