Bugun 30 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

"Buran" kosmik kemasining egasi qidiruvga berildi

"Buran" kosmik kemasining egasi qidiruvga berildi

Qozog‘istonlik tadbirkor, Sovet Ittifoqining ikkita “Buran” kosmik kemasidan birining egasi Dauren Musa Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi tomonidan qidiruvga berilgan.

Qidiruv o‘tkazilgani haqidagi ma’lumot Qozog‘iston Bosh prokuraturasining huquqiy statistika va maxsus qaydlar portali saytida e’lon qilingan.

Tadbirkor firibgarlikda gumon qilinib, qidiruvga berilgan, deya aniqlik kiritdi Kazinform agentligi Olmaota polisiyasi ma’lumotlariga tayanib. Ishning boshqa tafsilotlari hozircha oshkor etilmagan.

2021 yilda Roskosmosning sobiq bosh direktori Dmitriy Rogozin tadbirkorni, uning so‘zlariga ko‘ra, “dahshatli ahvolda” bo‘lgan “Buran” kosmik kemasini Baykonur shahriga berishga chaqirgan. Biroq, Qozog‘istonning "Baykonur" raketa-kosmik kompaniyasining bosh direktori bo‘lgan "Buran" egasi uni Rossiyaga topshirishdan bosh tortdi, chunki bu AJ Olma-ota shahrida ro‘yxatdan o‘tgan Qozog‘istonning xususiy kompaniyasi bo‘lib, Roskosmos tarkibiga kirmaydi.

Kosmodrom va shu nomdagi shaharni o‘z ichiga olgan “Baykonur” majmuasi 1994 yil 28 martda imzolangan shartnoma va 1994 yil 10 dekabrdagi ijara shartnomasi asosida Rossiyaga 20 yilga ijaraga berilgan. 2004 yilda bu muddat 2050 yilgacha uzaytirildi.

Kiritildi: 22:20 29.11.2024. O'qildi: 454 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!