Bugun 23 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Bunkerlar mamlakati: Finlyandiya har bir fuqarosini himoyalashga tayyor

Bunkerlar mamlakati: Finlyandiya har bir fuqarosini himoyalashga tayyor

Evropaning boshqa davlatlaridan farqli o‘laroq, Finlyandiya 1939/40 yillardag‘i Qishki urushdan so‘ng o‘zini hech qachon to‘liq xavfsiz his qilmagan va doim yangi bunkerlar qurishda davom etgan. Hozirgi kunda mamlakatda 50,5 mingta bunker mavjud bo‘lib, ularda bir vaqtning o‘zida 4,8 million kishi (jami 5,5 million aholidan) panoh topa oladi.

Solishtirish uchun: Germaniyada jami 480 mingta panohgoh o‘rni bor — bu har 174 kishiga bitta o‘rin degani.

BILD nashri muxbiri Albert Link Xelsinkidagi katta bunkerlardan birini borib ko‘rdi. U yer yer ostida 20 metr chuqurlikda joylashgan va 6000 kishini sig‘dira oladi. Fuqarolar mudofaasi bo‘yicha instruktor va “bunker nazoratchisi” Tomi Raskining aytishicha, “bu yerda hatto yadroviy zarbaga qaramay omon qolish mumkin.”

Bu turdagi bunkerlarni saqlash juda qimmatga tushadi, biroq ular barqaror daromad ham keltiradi: masalan, ushbu bunkerda fitnes markazi, bolalar o‘yin maydonchasi, xokkey arenasi va yer osti avtoturargoh joylashgan.

📌 Finlyandiyada maydoni 1200 kvadrat metrdan oshgan har bir binoda, qonunga ko‘ra, maxsus himoyalangan yer osti xonalari bo‘lishi shart.

Bu yerda nima yo‘q, desangiz — konserva omborlari. Chunki Finlyandiyada har bir fuqaro 72 soatga yetarli ozuqa zaxirasi, chiroq, batareyka, turizm karimati va shaxsiy uyqu xali (spalnik) saqlashi shart. Har bir fin oilasi favqulodda holatlar uchun tayyorlanishi kerak bo‘lgan ro‘yxatni olgan — unda dorilar, gigiyena vositalari, yod tabletkalari va imkon bo‘lsa, kitob, qog‘oz va ruchka ham ko‘rsatilgan.

Tomi Raski: “Bu yerda, yer ostida, gap haqiqiy omon qolish haqida ketmoqda”, — deydi.

Kiritildi: 09:04 16.10.2025. O'qildi: 762 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!