Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Buni qarang! Timati va Gufning "Moskva" qo‘shig‘i YouTubedagi "dislike"lar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Buni qarang! Timati va Gufning "Moskva" qo‘shig‘i YouTubedagi "dislike"lar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Hip-hop ijrochilari Timati va Guf tomonidan e’lon qilingan qo‘shiq YouTube tarmog‘ida eng ko‘p “dislike” bosilgan rus tilidagi videoga aylandi.

10-centyabrda saytdan olib tashlanishidan oldin uch kun davomida "Moskva" deb nomlangan qo‘shiqqa ishlangan video 1,4 milliondan ortiq “dislike” yig‘ishga erishdi, deydi "human.uz".

Qo‘shiq Moskva shahrini va uning boshqaruv rejimini maqtaydi, hukumatga qarshi mitinglarni qoralaydi. Video Moskva dumasiga (shahar parlamenti) bo‘ladigan saylovlardan bir kun oldin 7 sentyabr kuni e’lon qilingan edi.Shu vaqtdan boshlab san’atkorlar ijtimoiy tarmoqlarda qattiq tanqid qilindi, bu uchun ularga hukumat pul to‘lagani haqidagi gaplar tarqaldi.

Timati dastlab qo‘shiqdan uyalmaganini va buning uchun unga hukumat hech qanday pul to‘lamaganini aytib, tanqidlarga javob berdi, ammo shundan so‘ng u bu izohni o‘chirib tashladi va qo‘shiq matni “juda ortiqcha” ekanligini tan oldi.

  "Men rekord qo‘ydim. Lekin men buni xohlamagandim. Hech kimni ranjitish niyatida emas edim”- deydi Timati. 

Timatining prezident Vladimir Putinni qo‘llab-quvvatlashi ma’lum, u Putin bilan bilan bir necha marta suratga tushgan va Rossiya siyosiy rejimini qo‘llab-quvvatlash uchun mitinglarda ishtirok etgan.

Ehtimol, shuning uchun ham u tanqidlar girdobida qoldi va ko‘p odamlar Timati qo‘shiqda hukumatga qarshi noroziliklarni tanqid qilganiga hayron bo‘lmadi.

Timati xalqaro miqyosda hip-hop qo‘shiqchisi sifatida tanilgan va Snoop Dogg, Kreyg Devid va Timbaland kabi qo‘shiqchilar bilan hamkorlik qilgan.

Guf Rossiyada yaxshi tanilgan va Instagram tarmog‘ida 1,6 million kuzatuvchiga ega. U aynan shu tarmoqda qo‘shiq uchun kechirim so‘rab "aldanganini" aytib o‘tdi.

"Menga shaharni bayram bilan tabriklash kerakligini aytishdi. Qasam ichib aytamanki, men bir tiyin ham olganim yo‘q. Bu safar men sizdan chin dildan kechirim so‘rayman va siyosatga qiziqqan va yorqin kelajakni qidiradigan yoshlar bilan faxrlanaman", - deydi Guf.

Kiritildi: 07:15 11.09.2019. O'qildi: 2797 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!