Bugun 4 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Buloqboshida sodir bo‘lgan suv toshqiniga Janubiy Farg‘ona kanaliga me’yoridan ortiq suv tashlanishi sabab bo‘lgan

Bu haqda O‘zgidromet ma’lum qildi.

O‘zgidrometga ko‘ra, xavfli gidrologik hodisaning kelib chiqishiga Janubiy Farg‘ona kanaliga GES qurilishi sababli ortiqcha suv tashlangan. Suv sarfi taxminan 15 metr kub/sekundni tashkil etgan. Hodisa talafotlari o‘rganilganida jami 560 ta xonadonni suv bosgani aniqlangan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi esa hodisa oqibatida 30 ta xonadonning ichiga, 70 ta xonadonning esa tomorqasiga suv kirganini bildirdi.

"Hozirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa hamkor tashkilotlarning texnikalari yordamida suv oqimini pasaytirish va kirgan suvlarni chiqarib tashlash ishlari olib borilmoqda", deyiladi vazirlik ma’lumotida.

Kiritildi: 14:20 08.05.2025. O'qildi: 697 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!