Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Buloqboshi tumanidan oqib o‘tuvchi“Janubiy Farg‘ona” kanalida sodir bo‘lgan hodisa bartaraf etildi

Buloqboshi tumanidan oqib o‘tuvchi“Janubiy Farg‘ona” kanalida sodir bo‘lgan hodisa bartaraf etildi

Bu borada hududiy FVB, mahalliy hokimlik va FVDTning quyi tizimiga kiruvchi xizmatlar bilan hamkorlikda kanalning yemirilgan qismida muhandislik-himoya ishlari ishlari olib borilib, to‘liq mustahkamlandi va suv sizib chiqishi bartaraf etildi.

Bundan tashqari, xonadonlarga kirgan suvlar chiqarib tashlanib, davlat tomonidan aholiga ko‘mak berildi.

Yuzaga kelgan vaziyat oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q, deyiladi FVV tomonidan e’lon qilingan bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, 8 may kuni Andijon viloyati Buloqboshi tumani Sarvontepa mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Janubiy Farg‘ona kanali qirg‘oqlarining biriga shikast yetgan. Hodisa oqibatida kanal suvi toshib, atrofdagi ko‘chalarni suv bosgan.

Kiritildi: 10:49 09.05.2025. O'qildi: 746 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!