Bukmekerlar Braziliya milliy jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatida g‘olib chiqishiga ishonishmoqda.
Karlo Anchelotti bosh murabbiy etib tayinlangach, braziliyalikning ustunligi oshgan. Bo‘lajak JChda g‘oliblik uchun asosiy favoritga aylanishdi.
2-o‘rin Ispaniya, uchlikni Fransiya yakunlab berishi taxmin qilingan. Amaldagi jahon chempioni Argentina 5-o‘rindan joy egalladi.
Ma’lumot uchun Anchelotti Braziliya tarixida ilk xorijlik murabbiyga aylandi. U iyun oyida Ekvador va Paragvayga qarshi o‘yinlarda milliy jamoani boshqaradi.
Bukmekerlarga ko‘ra, JCH-2026 yilgi JChda g‘oliblik uchun milliy jamoalarning imkoniyatlari:
1. Braziliya – 6.50
2. Ispaniya – 7.00
3. Fransiya – 7.50
4. Angliya – 8.00
5. Argentina – 9.00
6. Germaniya – 10.00
7. Portugaliya – 15.00
8. Niderlandiya – 21.00
9-10. Italiya – 23.00
9-10. Kolumbiya – 23.00