Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Bukingem saroyi Yelizaveta II ning sog‘lig‘i haqida xabar berdi

Bukingem saroyi Yelizaveta II ning sog‘lig‘i haqida xabar berdi

Bukingem saroyi  Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, qirolichaning ahvoli yaxshi bo‘lib, o‘zini sog‘lom his qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, qirolicha o‘g‘li shahzoda Charlz bilan 12 mart kuni ko‘rishgan. Demak, uchrashuv shahzodaning koronavirus bilan kasallanishidan oldin bo‘lib o‘tgan.

Avvalroq shahzoda Charlzga koronavirusning yangi turi yuqtirilganligi haqida xabar berilgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, taxt vorisida yengil alomatlar kuzatilmoqda. Uning ham sog‘lig‘i yaxshi va bir necha kundan buyon uyida ishlamoqda. Rafiqasi Kamillaning COVID-19 uchun topshirgan testi esa salbiy natija ko‘rsatgan.

Kiritildi: 23:15 25.03.2020. O'qildi: 1924 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!