Bugun 17 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Bugungi kunda 5 615 ta ta’mirtalab ko‘p qavatli uylar ta’mirlandi

A A A
Bugungi kunda 5 615 ta ta’mirtalab ko‘p qavatli uylar ta’mirlandi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i Obidjon Mo‘minov ma’lum qildi:

✅Shundan: 2 055 ta uyning 946 ming kv.metr tom qismi, 4 855 ta kirish yo‘laklari, 2 762 ta elektr taqsimlovchi shitlar, 1 631 ta yerto‘la qismidagi muhandislik-kommunikasiya tarmoqlari ta’mirlandi hamda 1 618 ta kodli qulufli temir eshiklar va 5 748 kv.metr framuga oyna romlar o‘rnatildi.

✅4 855 ta ko‘p qavatli uydagi kirish yo‘laklariga 61,2 mingta harakat datchikli lampalar o‘rnatildi va natijada bir sutkada 73,5 ming kVt soat elektr energiyasi iqtisod qilishga erishildi.

✅Jami 13 950 ta ob’ekt o‘rganildi shundan, 7 177 ta ob’ektlarda muammolar aniqlandi. Jumladan, 5 570 ta ko‘p qavatli uy, 161 ta bog‘cha, 134 ta maktab, 34 ta poliklinika, 28 ta shifoxona, 10 ta sport-sog‘lomlashtirish ob’ektlari, 17 ta mahalla binosi va boshqa ob’ektlarda muammolar aniqlandi.

✅Shundan, 6 317 ta ko‘p qavatli uy, ijtimoiy soha va boshqa ob’ektlarda aniqlangan 11 406 ta muammoli masalalar bartaraf etildi.

Kiritildi: 14:40 14.12.2023. O'qildi: 1062 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!