Bugun 25 noyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Bugun YouTube, Telegram va WhatsApp faoliyatida yana nosozliklar kuzatildi

Bugun YouTube, Telegram va WhatsApp faoliyatida yana nosozliklar kuzatildi

YouTube videoxostingi hamda WhatsApp va Telegram messenjerlari faoliyatida nosozliklar kuzatildi. Bu haqda Downdetector portali xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, YouTube bilan bog‘liq eng ko‘p kuzatilgan muammo — video tomosha qilishning imkoni bo‘lmaganligi (bu haqda foydalanuvchilarning 64 foizi ma’lum qilgan). Sayt yaxshi ishlamayotganligidan 32 foiz, unga umuman kirib bo‘lmayotganligidan 3 foiz foydalanuvchilar shikoyat qilgan. Eng ko‘p shikoyat Rossiya, AQSh va Yaponiyadan tushgan.

 WhatsApp foydalanuvchilari asosan serverga ulanib bo‘lmayotganligidan shikoyat qilgan (96 foiz).  

 Telegram bilan bog‘liq muammolarning 88 foizi ulanish, 11 foizi esa xabar jo‘natishda kuzatilgan.

14 dekabr kuni ham Google va YouTube dunyo bo‘ylab bir muddat ishlamay qolgandi. Yarim soatdan ko‘proq vaqt davomida Google'ning ichki muammosi sabab butun dunyoda kompaniyaning servislari faoliyatida uzilish kuzatilgan.

Kiritildi: 19:17 16.12.2020. O'qildi: 2236 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!