Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Bugun Tramp, Zelenskiy va Yevropa yetakchilarining telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tadi — Reuters

 Bugun Tramp, Zelenskiy va Yevropa yetakchilarining telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tadi — Reuters

Agentlikning Germaniya kansleri idorasiga tayanib xabar berishicha, suhbat Kiyev vaqti bilan 15:00 da (Toshkent vaqti bilan 18:00 da) o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, unda Germaniya, Finlyandiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Polsha va Yevropa Ittifoqi rahbarlari hamda NATO bosh kotibi ham ishtirok etadi.

Bild'ning manbalariga tayanib yozishicha, Zelenskiy bugun Berlinga keladi va Tramp bilan bo‘ladigan muloqotda Germaniya kansleri Mersning idorasidan turib ishtirok etadi.

Shuningdek, ushbu muloqotdan so‘ng “xohlovchilar koalisiyasi”ning onlayn uchrashuvi o‘tkaziladi.

Kiritildi: 14:17 13.08.2025. O'qildi: 551 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!