Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Bugun suzish va suvga sakrashda 4 nafar vakilimiz bahslarga kirishadi

A A A
Bugun suzish va suvga sakrashda 4 nafar vakilimiz bahslarga kirishadi

Filippinning Manila shahrida suv sporti turlari bo‘yicha XI Osiyo chempionati bahslari boshlandi.

Chempionatning suzish bo‘yicha o‘tkaziladigan bahslarida 3 nafar vakilimiz ishtirok etadi. Aniqrog‘i, Yegor Petryakov dastlab 200 metrga kompleks usulda suzish bo‘yicha saralash bosqichida bahs olib borsa, Mixail Kleshko 50 metrga chalqancha usulda suzish bo‘yicha,

Anastasiya Zelinskaya esa 800 metr masofaga erkin usulda suzish bellashuvlarida qatnashadi. Uch nafar suzuvchimiz "A" guruhida raqobatlashadi.

Shuningdek, Jamoliddin Faxriddinov "S" guruhida yakkaliklar o‘rtasida 1 metr balandlikdagi tramplindan suvga sakrashda o‘z omadini sinab ko‘radi.

Eslatib o‘tamiz, suv sporti turlari bo‘yicha XI Osiyo chempionatining suzish musobaqalari 26-29 fevral kunlari, suvga sakrash musobaqalari esa 26 fevral – 1 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 10:23 26.02.2024. O'qildi: 1142 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!