Bugun 19 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Bugun Superligada 22-turning yana ikki uchrashuvi o‘tkaziladi

Bugun Superligada 22-turning yana ikki uchrashuvi o‘tkaziladi

O‘zbekiston Superligasida 22-tur uchrashuvlari bugun, 19 sentyabr kuni davom ettiriladi.

Kun dasturidan ikkita bahs o‘rin olgan. Soat 18:00 da "Mash’al" o‘z maydonida chempionlik uchun kurashayotgan "Paxtakor"ni qabul qiladi.

Kechgi uchrashuvda esa "Bunyodkor" va "Buxoro" jamoalari to‘qnash keladi. Mazkur bahs soat 20:15 da start oladi.

Turnir jadvalida "Paxtakor" 21 ta o‘yindan keyin 46 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. "Buxoro" 34 ochko jamg‘arib, beshinchi pog‘onada joylashgan. "Bunyodkor" 19 ochko bilan 15-, "Mash’al" esa 4 ochko bilan so‘nggi — 16-o‘rinni egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, 22-turning dastlabki uchrashuvi kecha o‘tkazilgan va unda "Navbahor" Samarqandning "Dinamo" jamoasini 3:2 hisobida mag‘lub etgan.

19 sentyabr. Superliga, 22-tur

"Mash’al" — "Paxtakor" — 18:00
"Bunyodkor" — "Buxoro" — 20:15

Kiritildi: Bugun 11:51. O'qildi: 193 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!