Germaniya hukumati yevropalik hamkorlar bilan kelishilgan holda, agar bugun o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga erishilmasa, yangi sanksiyalar tayyorlaydi, dedi uning matbuot kotibi Stefan Kornelius Berlindagi brifingda.
"Vaqt tugayapti, kun tugashiga 12 soat vaqtimiz bor".
Evropaning yetakchi davlatlari Ukrainada tinchlikka erishish uchun javobgarlik Rossiya zimmasida, deb hisoblaydi.
"Germaniya Rossiyadan zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lishini va keyin muzokaraga tayyor bo‘lishini kutmoqda. Ukraina bunga tayyor. Endi ma’lum bo‘ldi: Rossiya oldinga qadam tashlashi kerak”, - dedi Germaniya tashqi ishlar vaziri Iogan Vadeful.
Avvalroq Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron ham agar Rossiya o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lmasa, Yevropa va AQSh tomonidan “katta” sanksiyalar qo‘llanilishi haqida ogohlantirgan bo‘lsa, Germaniya kansleri Fridrix Merz Ukrainaga keng ko‘lamli harbiy yordam davom etishini qo‘shimcha qilgan.