Bugun 7 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

Bugun respublikamizning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi prognoz qilinmoqda

Bugun respublikamizning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi prognoz qilinmoqda

Joriy yilning 3 noyabr kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 4-6 noyabr kunlari respublikaning barcha hududlariga sovuq va nisbatan nam havo massalari kirib keladi. Respublika bo‘yicha ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda.

3-5 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qorga aylanadi.

4-6 noyabrga kelib havo harorati asta-sekin pasayadi va kechalari 0-3 daraja iliqni tashkil etadi, ba’zi joylarda sovuq bo‘lishi mumkin, kunduz kunlari 8-13 daraja iliqqacha bo‘ladi.

3 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI:

TOSHKENT SHAHRI: Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechga tomon yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-10° iliq, kunduzi 14-16° iliq bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI: Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 9-14° iliq bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI: Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, kunduzi ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 11-16° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, SIRDARYO, JIZZAX VILOYATLARI: Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYo VILOYATI: Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-tozonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 6-11° iliq, kunduzi 14-16° iliq bo‘ladi.

SURXONDARYo VILOYATI: Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-tozonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 6-11°, kunduzi 17-22° bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI: Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9°, kunduzi 15-20° bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI: Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.

Kiritildi: 08:40 03.11.2025. O'qildi: 1239 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!